Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Turizm 22/08/2025 Buxoroda anʼanaviy o‘zbek nonlari uy-muzeyi ochildi

Buxoroda anʼanaviy o‘zbek nonlari uy-muzeyi ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyati Jondor tumani Ushot qishlog‘ida anʼanaviy o‘zbek nonlariga bag‘ishlangan uy-muzey ochildi, deb xabar berdi Buxoro viloyat turizm boshqarmasi matbuot xizmati.

Loyihaning asosiy maqsadi — mahalliy va xorijiy sayyohlar orasida o‘zbek xalqi nonvoylik anʼanalari hamda mehmondo‘stlik madaniyatini keng targ‘ib qilish.

Muzeyning axborot ekspozitsiyalarida bug‘doy yetishtirishdan to xamir tayyorlash va tanurda non pishirishgacha bo‘lgan yo‘l atroflicha yoritilgan. Bu esa tashrif buyuruvchilarga oddiy o‘zbek nonining mamlakat madaniyati va aholining kundalik hayotidagi ahamiyatini chuqurroq anglash imkonini yaratadi.

Muzeydan tashqari qishloqda 20 ta uy rekonstruksiya qilinib, sayyohlarni qabul qilishga moslashtirilgan. Ular orqali sayohatchilar o‘zbek nonvoychiligi sirlarini amalda o‘rganish, milliy taomlar va mahalliy aholi urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling