Buxoroda 35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar ushlandi
Buxoroda 35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar ushlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi, 1998 y.t. shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 y.t. fuqaro o‘zaro til biriktirib, mamlakatimizda erkin sotilishi taqiqlangan, 3 dona flakonda bo‘lgan jami 343 gr simob moddasini 35 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.