Buxoro viloyatiga 12 dona «YUTONG» avtobuslari olib kelindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoroga yangi YUTONG avtobuslari partiyasi yetib keldi.
Viloyat hokimligi ma’lum qilishicha, viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, «Miramax turist trans» MChJ tomonidan Xitoy davlatidan 12 dona «YUTONG» avtobuslari xarid qilindi.
Mazkur avtobuslar tez orada Buxoro shahar avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Buxoro shahridagi 6 ta yo‘nalishda jami 72 dona avtobus brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.