Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 01/12/2024 Buxoro viloyatida uchta tuman va bir shaharga hokimlar tayinlandi

Buxoro viloyatida uchta tuman va bir shaharga hokimlar tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatining 3 ta tumani va bitta shahrida hokim almashdi.

Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Kogon shahar hokimi edi.

Akmal Ostonov Vobkent tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qorovulbozor tumani hokimi edi.

Mirshakar To‘raboyev Kogon shahri hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari edi.

O‘tkir Hamroyev Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u viloyat hokimligi boshqaruv apparati axborot-tahlil guruhi rahbari edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling