Valyuta kurslari 29/09/2025
$1 – 12138.67
UZS – -0,5%
€1 – 14176.75
UZS – -1,06%
₽1 – 145.36
UZS – -0,5%
Qidirish
Buxarestda O'zbekiston va Ruminiya hamkorligini yuqori darajaga ko'tarish istiqbollari muhokama qilindi

Buxarestda O'zbekiston va Ruminiya hamkorligini yuqori darajaga ko'tarish istiqbollari muhokama qilindi

Buxarestda O'zbekiston va Ruminiya hamkorligini yuqori darajaga ko'tarish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Ruminiyada bo'ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev (qarorgohi Varshava shahrida joylashgan) Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Ana Tinka, Iqtisodiyot, raqamlashtirish, tadbirkorlik va turizm vazirligi davlat kotibi, Transport va infratuzilma vazirligi davlat kotibi, Mehnat, oila, yoshlar va ijtimoiy birlik vazirligi davlat kotibi, Senatning Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi, Deputatlar palatasining Tashqi siyosat qo'mitasi raisi, Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik bosh boshqarmasi direktori hamda Savdo-sanoat palatasi Xalqaro hamkorlik departamenti direktori bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Muzokaralar chog'ida Ruminiya tomoni O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli va ortga qaytmas islohotlar, xususan iqtisodiy modernizatsiya jarayoni natijalarini ijobiy baholab, ularni hayotga tatbiq etishda qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Rasmiy Buxarest O'zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasida muhim va istiqbolli hamkor sifatida ko'rayotgani hamda o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekani alohida ta'kidlandi.

"Biz O'zbekiston mustaqilligini eng birinchilar qatorida tan olganmiz. Mamlakatlarimiz o'rtasida hech qanday siyosiy muammo yo'qligidan mamnunmiz. Xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha ham pozitsiyalarimiz o'xshash", – dedi Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Ana Tinka.

Muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, parlamentlararo, transport-logistika, migratsiya, madaniy-gumanitar, tuzim va boshqa o'zaro manfaatli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling