Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Turizm 25/08/2025 Buloqboshi tumanida “Shirmonbuloq” turistik zonasini barpo etish ishlari boshlandi

Buloqboshi tumanida “Shirmonbuloq” turistik zonasini barpo etish ishlari boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida yangi “Shirmonbuloq” turistik zonasini tashkil etish ishlari boshlandi.

Loyiha Prezidentning hududga amalga oshirgan ishchi tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad — tumanning turizm salohiyatini ochish va aholi hamda mehmonlar uchun zamonaviy dam olish hududini yaratishdan iborat.

Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov kelgusi majmua joylashadigan hududni ko‘zdan kechirib, rejalashtirilgan ishlar bilan tanishdi, shuningdek, mahalliy aholi, tadbirkorlar va masʼul idoralar rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tadbirkorlar o‘z tashabbuslarini taqdim etib, turistik zona rivojida faol ishtirok etishga tayyorliklarini bildirdi.

“Shirmonbuloq” turizm maskani 107 gektar maydonda barpo etiladi. Loyiha doirasida qator infratuzilma ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan:

yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish;

elektr energiya taʼminotini yaxshilash (1 dona yacheyka, 6 500 metr elektr uzatish tarmog‘i, 2 ta transformator punktlari);

ichimlik va oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish;

piyodalar yo‘lakchasi, skameykalar, latoklar va yoritish tizimlarini o‘rnatish;

2 ta ko‘tarmali nasos stansiyasi va 1 km bosim quvur tarmoqlarini qurish;

yo‘l chetlariga latok va tomchilatib sug‘orish tizimlarini tashkil etish.

Ushbu loyiha amalga oshirilgandan so‘ng, “Shirmonbuloq” nafaqat tuman aholisi, balki butun viloyat hamda mamlakatimiz sayyohlari uchun mazmunli hordiq chiqarish, turizm va iqtisodiy rivojlanishda muhim maskanga aylanishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling