Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Bratislavada O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida birinchi konsullik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Bratislavada O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida birinchi konsullik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Bratislavada O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida birinchi konsullik maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bratislava shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Slovakiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ilk Konsullik maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida viza rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi va konsullik ma’lumotlarini almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Slovakiya tomoni milliy vizalarni olish tartibini soddalashtirish, xususan, arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uch oydan bir oygacha qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar Slovakiya Migratsiya masalalari agentligini “Volvo” zavodida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan ishchi muhojirlarni jalb etish istiqbollari hamda ular uchun slovak tili bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish rejalari haqida xabardor etishga kelishib oldilar.

Shuningdek, tegishli davlat idoralari mehnat migratsiyasini tartibga solish, migratsiya va mobillik, shuningdek, readmissiya masalalari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar ustida ish olib borishadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling