Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
O‘zbekiston 11/07/2025 Bratislava-Glinka-Shota Rustaveli chorrahasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Bratislava-Glinka-Shota Rustaveli chorrahasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtning Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi chorrahada harakat vaqtincha cheklanadi.

2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko'chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli bilan quyidagi cheklovlar amal qiladi:

-Bratislava yoki Glinka ko'chalari yo'nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to'g'riga va chapga o'tish yopiladi, faqat o'ngga burilish mumkin;

- Shota Rustaveli ko'chasi yo'nalishida chorraha orqali faqat to'g'riga va o'ngga harakatlanish mumkin.

Haydovchilarga marshrutni oldindan rejalashtirish va muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling