Valyuta kurslari 11/02/2026
$1 – 12309.99
UZS – -0,08%
€1 – 14666.12
UZS – 0,35%
₽1 – 159.64
UZS – 0,18%
Qidirish
Brando maishiy texnika eksportini Afg'oniston va MDHga kengaytirmoqda

Brando maishiy texnika eksportini Afg'oniston va MDHga kengaytirmoqda

Brando maishiy texnika eksportini Afg'oniston va MDHga kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan "Brando" korxonasi bugun maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biriga aylanmoqda.

Korxonada katta va kichik turdagi maishiy texnika vositalari keng ko‘lamda ishlab chiqariladi. Bugungi kunda 100 dan ortiq xodim mazkur korxonada faoliyat yuritmoqda.

E’tiborlisi, “Brando” nafaqat ichki bozorga xizmat qilmoqda, balki korxona “O’zeltexsanoat” uyushmasi ko‘magida Afg‘oniston bozoriga eksportni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Tojikiston kabi qo‘shni davlatlarga ham yetkazib berilmoqda.

Korxona rahbariyatining belgilangan strategik maqsadiga ko‘ra, joriy yilda Afg‘onistonga eksport hajmi $ 2 million AQSh dollariga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling