Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 30/06/2025 Boysunda metan zapravkasida portlash: Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

Boysunda metan zapravkasida portlash: Nexia haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi metan gazi quyish shoxobchasida fojeali hodisa ro‘y berdi — Nexia rusumli avtomobilda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchi AGNKSga avtomashinasini quyish uchun kelgan. Quyish jarayonida kutilmaganda portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda erkak kishi og‘ir jarohatlar olib, hodisa joyida vafot etgan.

Ayni paytda mutasaddi idoralar tomonidan portlash sabablari va holatlari o‘rganilmoqda. Hodisa yuzasidan rasmiy izohlar hali eʼlon qilinmadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling