Valyuta kurslari 28/10/2025
$1 – 12053.46
UZS – -0,53%
€1 – 14026.61
UZS – -0,3%
₽1 – 152.43
UZS – 1,97%
Qidirish
Boysun tumanida DAF yuk mashinasi yonib ketdi, jabrlanganlar yo‘q

Boysun tumanida DAF yuk mashinasi yonib ketdi, jabrlanganlar yo‘q

Boysun tumanida DAF yuk mashinasi yonib ketdi, jabrlanganlar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyati FVB xabar berishicha, bugun, 28 oktyabr soat 08:54 da Boysun tumani hududidan o‘tgan “DAF” yuk avtomobili yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga soat 09:40 da 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib bordi, yong‘in soat 09:43 da qurshab olindi va 09:55 da to‘liq bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida avtomobilning motor va salon qismi hamda yukxonasidagi porolon mahsulotlari to‘liq yondi.

Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling