Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 01/04/2025 Bounty Biotech kompaniyasi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektoriga sarmoya kiritish imkoniyatlarini oʻrganadi

Bounty Biotech kompaniyasi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektoriga sarmoya kiritish imkoniyatlarini oʻrganadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-28 mart kunlari Malayziyaning Bounty Biotech kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Xao King boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi istiqbolli yer uchastkalari bilan tanishib chiqdi. Bundan tashqari, Buxoro viloyati rahbariyati, ISSV, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, “Parrandasanoat” uyushmasi vakillari bilan muzokaralar olib borildi.

Muloqot chog'ida tomonlar kelgusida birgalikda olib boriladigan ishlar rejasini kelishib oldilar.

Malayziya kompaniyasi rahbariyati joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling