Valyuta kurslari 09/07/2025
$1 – 12712.09
UZS – 0,28%
€1 – 14927.81
UZS – 0,36%
₽1 – 162.64
UZS – 1,0%
Qidirish
Madaniyat 09/07/2025 Botir Qodirov she’rlardan ruxsatsiz foydalanganlik uchun 132 million so‘m to‘laydi

Botir Qodirov she’rlardan ruxsatsiz foydalanganlik uchun 132 million so‘m to‘laydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xonanda Botir Qodirov yana mualliflik huquqining buzilishi bilan bog‘liq janjal markazida bo‘ldi. Adliya vazirligi Intellektual mulkni himoya qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ijodkor shoir Shamsiddin Sadoiy (To‘raev)ga jami 132 million so‘m tovon va ma’naviy zarar to‘lashi shart.

Joriy yilning iyun oyida shoir Shamsiddin To'rayev tomonidan  fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, ya’ni mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan ma’naviy zarar va  tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.

Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Botir Qodirovdan  da’vogar To‘rayev Shamsiddin Xo‘jayevichning foydasiga BHMning 300 barobari ya'ni 112.500.000 so'm miqdorida tovon puli hamda 20.000.000 so'm ma'naviy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, javobgar Botir  Qodirov zimmasiga da’vogar  Shamsiddin To‘rayevga muallifligidagi "Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli qo'shiqlar ijrosini efirga uzatish, barcha ijtimoiy tarmoqlarga  joylashtirish, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat teleradiokanallarda, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa platformalarda har qanday tarzda foydalanishni darhol to‘xtatish (qat’iy taqiqlash) majburiyati yuklatildi.

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling