Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 20 megavattga teng bo‘lgan Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

Ushbu elektr stansiyasi 2026-yilda ishga tushilishi rejalashtirilgan.

Stansiya ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 50 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida 15 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi va atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi.

Mazkur elektr stansiya orqali qariyb 20 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling