Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Boshqaruv servis kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari ko‘rsatayotgan xizmatlari holati yuzasidan parlament so‘rovi yuboriladi

Boshqaruv servis kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari ko‘rsatayotgan xizmatlari holati yuzasidan parlament so‘rovi yuboriladi

Boshqaruv servis kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari ko‘rsatayotgan xizmatlari holati yuzasidan parlament so‘rovi yuboriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning 12-yalpi majlisida boshqaruv servis kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan aholiga uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tubdan yaxshilash hamda kommunal xizmatlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish orqali uning samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘tgan davr mobaynida sohani tartibga solishga oid 50 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Bugungi kunda respublikamizda 44 280 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, ulardagi 1,5 milliondan ortiq xonadonlarga 971 ta boshqaruv servis kompaniyasi va 241 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatmoqda.

Yalpi majlisda senatorlar uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash hamda kommunal xizmatlarning boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda, aholining haqli eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan va o‘z yechimini kutayotgan ayrim masalalarga ham eʼtibor qaratdi.

Jumladan, ayrim boshqaruv kompaniyalari tomonidan majburiy badallarni belgilashda “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunga rioya qilmasligi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida uy-joy mulkdorlariga o‘z vaqtida hisobot bermasligi mulkdorlarning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlarining roziligisiz uy yerto‘lasi ijaraga berilishi, shuningdek, ijaraga berilgan umumiy mol-mulkning ijarasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar “Mening uyim” billing tizimiga biriktirilmagani hamda boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish ishlari olib borilmayotgani alohida taʼkidlab o‘tildi.

Muhokama yakunida shu kabi bir qator masalalarga oydinlik kiritish maqsadida Senatning Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling