Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Bosh prokuraturaga barcha davlat organlarining axborot tizimlariga moneliksiz kirish imkoniyati yaratiladi

Bosh prokuraturaga barcha davlat organlarining axborot tizimlariga moneliksiz kirish imkoniyati yaratiladi

Bosh prokuraturaga barcha davlat organlarining axborot tizimlariga moneliksiz kirish imkoniyati yaratiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Barcha ijro etuvchi organlar, mahalliy hokimliklar hamda davlat korxonalari (shu jumladan, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan kompaniyalar) o‘z axborot tizimlariga real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beruvchi “raqamli nazorat” funksiyasini joriy etadi. Mazkur choraning maqsadi — korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga olib keluvchi omillarni aniqlash va ularni samarali bartaraf etishdan iborat.

Davlat tashkilotlari ushbu funksiyani kelasi yil 1 oktyabrga qadar byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan yo‘lga qo‘yib, Bosh prokuraturaga taqdim etadi.

2026 yil 1 dekabrga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlari va resurslari, 2030 yil 1 noyabrga qadar boshqa davlat idoralari va tashkilotlarining tizimlari Bosh prokuraturaning axborot tizimlari bilan majburiy tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinadi.

Shuningdek, qonunchilikka prokuratura organlarining davlat organlari va tashkilotlarining axborot infratuzilmasi obyektlari, axborot tizimlari, axborot resurslari, maʼlumotlar banklari va bazalariga moneliksiz kirish, ulardagi elektron maʼlumot, hujjat va materiallarni ko‘rish, monitoring qilish hamda o‘rganish uchun elektron hujjatlar va maʼlumotlarni olish huquqini belgilashga qaratilgan o‘zgartishlar kiritiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling