Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Texnologiyalar 12/06/2025 Bolgariya yetakchisi IT Park Uzbekistan faoliyati bilan tanishdi

Bolgariya yetakchisi IT Park Uzbekistan faoliyati bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Oliy martabali mehmon tashrif doirasida poytaxtimizda joylashgan IT Park Uzbekistan’ga borib, majmua faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Prezidentga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohlik qildi.

Bolgariya delegatsiyasi vakillariga 2019-yil 20-noyabrda tamal toshi qo‘yilgan ushbu zamonaviy maskanda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosiy yo‘nalishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

IT Park Uzbekistan – davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan texnologiya markazi. Tashkilot startaplar va raqamli xizmatlar eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonni global IT markaziga aylantirishga qaratilgan.

Mutaxassislar ish jarayoni bilan tanishtirildi, turli staraplar taqdimot qilindi. Xususan, sun’iy intellekt va raqamli yechimlar sohasidagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.

Texnologik parkda axborot texnologiyalari tashkilotlari, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi o‘zaro uzviy faoliyat olib boradi.

Bolgariya Prezidenti yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, bunday parklar yoshlarni turli xalqaro loyihalarga jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda juda muhimligini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling