Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 10/06/2025 Bolgariya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Bolgariya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so‘ng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling