Valyuta kurslari 25/02/2026
$1 – 12187.68
UZS – -0,4%
€1 – 14366.84
UZS – -0,51%
₽1 – 159.09
UZS – -0,01%
Qidirish
Bolalar bog‘chalarida bolalarning zaharlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi — Farg‘ona viloyati IIB Bosh boshqarmasi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 21 fevral kuni Farg‘ona shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining navbatchilik qismiga 58-, 2- va 61-sonli bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari yuqori harorat, qorin og‘rig‘i va diareya belgilari bilan Infeksion kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar kelib tushgan.

Hozirda vaziyat Farg‘ona viloyati prokuraturasi, IIB hamda boshqa mutasaddi idoralarning maʼsullari tomonidan to‘liq o‘rganilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257¹-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha tegishli turdagi ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling