Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 03/04/2025 Bojxona sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Bojxona sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yana-da takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-122-son, 25.03.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025 yilda bojxona sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

- sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish;

- bojxona organlari axborot tizimlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish;

- bojxona organlari tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish.

Bojxona qo‘mitasi tizimida Bojxona rasmiylashtiruvi markazi tashkil etiladi. Bunda hududiy boshqarmalarning masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari bosqichma-bosqich tugatiladi.

Bojxona qo‘mitasi tarkibida bojxona sohasiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga ixtisoslashgan tuzilma tashkil etiladi. Tuzilmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi. Jumladan:

- sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish;

- bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini qamrab olgan sunʼiy intellekt texnologiyalarini tadqiq qilish, ularning samarali ishlashini taʼminlash hamda doimiy tarzda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish choralarini ko‘rish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling