Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi belgilandi

Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi belgilandi

Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.

Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

1-usul: olib chiqiladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;

2-usul: aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;

3-usul: o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;

5-usul: qiymatlarni qo‘shish asosida;

6-usul: zaxira usul.

1-usul olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.

Agar olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, boshqa usullar ketma-ketlikda qo‘llaniladi.

Bojxona qiymatini aniqlashning boshlang‘ich nuqtasi har doim haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan qiymatni, yaʼni sotib oluvchi sotuvchiga to‘lagan yoki to‘lashi lozim bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni belgilash hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling