Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
Boeing va “O‘zbekneftgaz” aviatsiya yoqilg‘isi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi

Boeing va “O‘zbekneftgaz” aviatsiya yoqilg‘isi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi

Boeing va “O‘zbekneftgaz” aviatsiya yoqilg‘isi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Boeing” kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi bilan kompaniyaning mintaqalar bo‘yicha direktorlari o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda davlatimiz rahbarining AQSHga tashrifi doirasida “Uzbekistan Airways” va “Boeing” kompaniyalari o‘rtasida imzolangan tarixiy bitim alohida ta’kidlandi. Shuningdek, “Boeing” kompaniyasi hamda O‘zbekiston Transport vazirligi va “Uzbekistan Airways” o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish rejalari haqida ham ma’lumot taqdim etildi.

Uchrashuvda shuningdek, “Boeing” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan SO₂ chiqindilarini hisoblashga mo‘ljallangan interaktiv onlayn modelning chiqindilarni qisqartirish bo‘yicha istiqbolli yechimlari ham muhokama qilindi.

Delegatsiyaga “O‘zbekneftgaz” korxonalari, xususan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan “Jet A-1” aviayoqilg‘i, Buxoro NQZ va “Uzbekistan GTL” hamkorligida tayyorlanayotgan yarim sintetik “Jet A-1 SSF” aviayoqilg‘i hamda “GTL” kerosini haqida ma’lumot berildi.

Qayd etish joizki, 2022 yil sentyabr oyida “Boeing” kompaniyasi yarim sintetik “Jet A-1” aviayoqilg‘ini tijorat parvozlarida ishlatish uchun rasman tasdiqlagan.

Muloqot davomida Barqaror aviayoqilg‘i (SAF) ishlab chiqarishning istiqbolli rejalari, SO2 chiqindilarini barqarorlashtirish va kamaytirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida “Boeing” vakillari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJni yarim sintetik aviayoqilg‘i ishlab chiqarish va qo‘llashdagi yutuqlarini xalqaro tadbirlarda namoyish etish taklifi bildirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling