BMT va Shveytsariya delegatsiyasi Buxorodagi Ishonch jamg'armasining ta'lim loyihalariga tashrif buyurdi
BMT va Shveytsariya delegatsiyasi Buxorodagi Ishonch jamg'armasining ta'lim loyihalariga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda BMT vakillaridan iborat delegatsiya Buxoroda “Ishonch” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Dastlab Romitan tumanidagi 1-umumta’lim maktabida tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sinflari va STEM laboratoriyasi faoliyati, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, delegatsiya Buxoro viloyat pedagogik mahorat markazida bo'ldi. Unda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muloqot tashkil etilib, o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, raqamli va inklyuziv ta’lim metodlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Unda loyiha natijalari, kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, jurnalistlarning savollariga atroflicha javob berildi.