BMT turizm delegatsiyasi Toshkentdagi hunarmandchilik loyihalariga tashrif buyurdi

BMT turizm delegatsiyasi Toshkentdagi hunarmandchilik loyihalariga tashrif buyurdi

BMT turizm delegatsiyasi Toshkentdagi hunarmandchilik loyihalariga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “BMT Turizm” Bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novays boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrifi doirasida madaniyat va hunarmandchilik sohasidagi bir qator loyihalar bilan tanishdi.

Mehmonlar XVIII asrga oid tarixiy masjid hududida joylashgan hamda an’anaviy hunarmandchilik usullarini zamonaviy dizayn yechimlari bilan uyg‘unlashtirgan “GOZAR of ARTISANS” maskaniga tashrif buyurdi.

Shuningdek, ular ta’lim, hunarmandchilik va ko‘rgazma vazifalarini o‘zida mujassam etgan “Suzuk ota” ijodiy maskanidagi Madina Qosimboyeva kashtachilik maktabi-ustaxonasida ham bo‘ldi.

Loyiha o‘zbek kashtachiligi an’analarini asrab-avaylash hamda yangi avlod hunarmandlarini o‘qitish va rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling