Valyuta kurslari 11/12/2025
$1 – 12020.90
UZS – 0,15%
€1 – 13988.72
UZS – 0,01%
₽1 – 155.49
UZS – -0,76%
Qidirish
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy  vakili bilan uchrashuv

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy  vakili bilan uchrashuv

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar, ayniqsa ayollarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash hamda ijtimoiy sohalardagi yutuqlar muhokama qilindi.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz Davlat bojxona qo‘mitasi gender standartlar joriy etilgani va “Kumush gender mukofoti”ga sazovor bo‘lgani qayd etildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Prezident  olib borayotgan siyosatning samaradorligi eʼtirof etilib, davlat xizmatchilarini tayyorlash va shaffoflikni oshirish, shuningdek, mahalliy organlarda hisobdorlikni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning jamiyatda ishtirokini faollashtirish bo‘yicha  dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling