Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
BMT shtab-kvartirasida «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

BMT shtab-kvartirasida «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

BMT shtab-kvartirasida «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nyu-York shahridagi BMT shtab-kvartirasida «Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda BMT rahbariyati, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, fuqarolik jamiyati faollari hamda jurnalistlarni o‘z ichiga olgan qariyb 100 nafar kishi ishtirok etdi.

Taqdimot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning asosiy bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar islohotlarni «siyosiy jasorat, strategik yondashuv va ijtimoiy yo‘naltirilganlikni uyg‘unlashtirgan kompleks transformatsiya» sifatida yuksak baholadilar va o‘zgarishlar davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimi, taʼlim, sog‘liqni saqlash va raqamli rivojlanish kabi eng muhim sohalarni qamrab olganini taʼkidladilar.

BMT vakillari, xorijiy davlatlar diplomatlari hamda jurnalistlar O‘zbekistondagi siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar miqyosi ulkan ekanini qayd etib, ularning taʼsiri milliy chegaralardan tashqariga chiqib, butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyotiga xizmat qilayotganini taʼkidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling