Valyuta kurslari 02/02/2026
$1 – 12225.16
UZS – 0,21%
€1 – 14560.17
UZS – -0,17%
₽1 – 162.01
UZS – 0,95%
Qidirish
BMB HOLDING va Uz Trade House Germany hamkorlikni kengaytirishga intilishadi

BMB HOLDING va Uz Trade House Germany hamkorlikni kengaytirishga intilishadi

BMB HOLDING va Uz Trade House Germany hamkorlikni kengaytirishga intilishadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi Elchixonasi ko‘magida Berlin shahrida BMB HOLDING Taʼsischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Germaniyaning Uz Trade House Germany kompaniyasi bosh direktori janob Jonni Bakos bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash joizki, janob Bakos bilan Xolding vakillari o‘rtasidagi avvalgi uchrashuvlarda o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqilgan edi.

Shuni taʼkidlash lozimki, Uz Trade House Germany tomonidan 2025 yil dekabr oyida tashkil etilgan savdo uyi shourumida Made in Uzbekistan brendi ostida milliy eksportbop mahsulotlar qatorida BMB HOLDING korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdim etilgan.

Muloqot davomida, janob Bakos BMB HOLDING tomonidan Germaniya bozoriga bir qator kompaniyalar hamkorligida mamlakatimizda yetishtirilgan va qayta ishlangan mahsulotlar yetkazib berilayotgani, shu orqali eksport hajmi yil sayin barqaror oshib borayotganini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, BMB HOLDING hamda Uz Trade House Germany kompaniyasi rahbarlari tez kunda O‘zbekistondan Germaniya va Yevropa bozorlariga BMB Za‘faron mahsulotlari, shuningdek, chuqur qayta ishlangan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Umuman olganda, mazkur uchrashuv BMB HOLDINGning Germaniya biznes doiralari bilan samarali va barqaror savdo-iqtisodiy hamkorligini yana-da mustahkamlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirishga qaratilgan strategiyasini izchil davom ettirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Shundan so‘ng Germaniyaga qilingan tashrif o‘z yakuniga yetib, BMB HOLDING Taʼsischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Indoneziyaning Jakarta shahriga jo‘nab ketdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling