Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
BMB Holding va Qozog‘istonlik hamkorlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

BMB Holding va Qozog‘istonlik hamkorlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

BMB Holding va Qozog‘istonlik hamkorlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi ko‘magida BMB HOLDING Bosh direktori Elyor Ibroximov hamda Qozog‘iston Respublikasining bir qator tashkilot rahbarlari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqotda Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vazirligi huzuridagi Savdo qo‘mitasi raisi Yernur Jautikbayev, “QazTrade” AJ Bosh direktori Aytmuxammed Aldajarov, shuningdek, “UZKAZTRADE” QK direktori Qosimbek Malikov ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirilayotgan eksport ko‘lamini yana-da oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, yurtimizda yetishtirilgan kartoshka, sabzi, karam, piyoz va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Qozog‘iston bozoriga yetkazib berish bo‘yicha aniq va o‘zaro manfaatli kelishuvlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

Samarali va ishchan ruhda o‘tgan videokonferensaloqa yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash bo‘yicha kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling