Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
BMB HOLDING va AGROTEC GMBH 15 million yevrolik investitsiya shartnomasini imzoladilar

BMB HOLDING va AGROTEC GMBH 15 million yevrolik investitsiya shartnomasini imzoladilar

BMB HOLDING va AGROTEC GMBH 15 million yevrolik investitsiya shartnomasini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27 yanvar kuni BMB HOLDING Taʼsischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Avstriyaning Vena shahriga jo‘nab ketdi.

Yevropaning qator mamlakatlariga rejalashtirilgan ishchi safar doirasida Holding asoschisi xorijiy hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirish, istiqbolli qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bir qator muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Bugun O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi ko‘magida Vena shahrida Holding Taʼsischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov uzoq yillik biznes hamkori AGROTEC GMBH kompaniyasi prezidenti Boris Kandov bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmlari yildan-yilga tobora ortib borayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlab o‘tdilar. 

Shuningdek, BMB HOLDING hamda AGROTEC GMBH kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan AGROINVEST Avstriya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi faoliyatini yana-da takomillashtirish, uning salohiyatini to‘liq ishga solish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham muzokaralarning diqqat markazida bo‘ldi. 

Ayniqsa, Holding tomonidan yetishtirilgan va chuqur qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa bozorlariga tezkor va yuqori sifat standartlari asosida yetkazib berish mexanizmlarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tgan muzokaralar natijasida tomonlar AGROINVEST qo‘shma korxonasi faoliyatini tizimli ravishda jadallashtirish, shuningdek, yaqin kelajakda qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini mamlakatimizda amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

Muzokaralar yakunida BMB HOLDING hamda AGROTEC GMBH kompaniyalari o‘rtasidagi eksport-import hamkorligini yana-da  rivojlantirish maqsadida, umumiy qiymati 15 million yevrolik investitsion shartnoma imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling