Valyuta kurslari 02/02/2026
$1 – 12225.16
UZS – 0,21%
€1 – 14560.17
UZS – -0,17%
₽1 – 162.01
UZS – 0,95%
Qidirish
BMB HOLDING kompaniyasi Latviya elchixonasi vakili bilan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalasini muhokama qildi

BMB HOLDING kompaniyasi Latviya elchixonasi vakili bilan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalasini muhokama qildi

BMB HOLDING kompaniyasi Latviya elchixonasi vakili bilan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30 yanvar kuni BMB HOLDING Xalqaro munosabatlar departamenti direktori Anvar Muminov hamda Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Georgiy Voyevoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida janob Voyevoda Yevropa bozorlariga dadil kirib borayotgan BMB HOLDING faoliyati, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda bugungi kunda xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan bir qator qo‘shma investitsion loyihalar bilan batafsil tanishtirildi.

Shuningdek, tomonlar Xolding tizimidagi korxonalar tomonidan yetishtirilayotgan va chuqur qayta ishlanayotgan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Latviya bozoriga muntazam ravishda eksport qilish masalalarini muhokama qildilar.

Latviya hududida mavjud erkin iqtisodiy zonalardan birida logistika va savdo habini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur hab orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga eksport qilish istiqbollari ham muloqotning diqqat markazida bo‘ldi.

Do‘stona va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston bozoriga kirishdan manfaatdor bo‘lgan latviyalik kompaniyalar bilan aloqalarni o‘rnatishda, shuningdek, O‘zbekiston bozorida talabgir bo‘lgan mahsulotlarni import qilishda har tomonlama ko‘maklashish haqida kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling