Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko‘rsatiladi
Biznesni boshlashda davlat xizmatlari kompleks tarzda ko‘rsatiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib
tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini 90 mlrd so‘mgacha qisqartirish, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
elektron raqamli imzo kalitini berish;
bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;
onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qo‘yish.
“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:
tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;
tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
2026 yil 1 yanvardan:
YATTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi;
tadbirkorlarning birlamchi maʼlumotlari o‘zgarganda ushbu maʼlumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar YATT guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi.
2026 yil 1 martdan:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi;
“Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.