Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
Biznes-forum doirasida taʼlim, fan va sog‘liqni saqlash bo‘yicha seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Biznes-forum doirasida taʼlim, fan va sog‘liqni saqlash bo‘yicha seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Biznes-forum doirasida taʼlim, fan va sog‘liqni saqlash bo‘yicha seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston – Belarus: taʼlim, fan va sog‘liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari” mavzusida bo‘lib o‘tgan seksiya majlisida ikki mamlakat hokimiyat organlari, universitetlari, ilmiy va tibbiyot markazlari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida universitetlarning o‘zaro hamkorligi, texnologik rivojlanishda ilm-fanning o‘rni, farmatsevtika sanoatining istiqbollari, onalar va bolalar salomatligi, shuningdek, tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

So‘zga chiqqanlar taʼlim dasturlarining integratsiyasi va tajriba almashish umumiy bilimlar makonini shakllantirish, bunda taʼlim sifatini oshirish, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va ilg‘or tibbiy texnologiyalar joriy etish muhimligiga urg‘u berdi. Xotin-qizlarning ilm-fandagi o‘rni, xalqaro loyihalardagi ishtirokini kengaytirish zarurligiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston va Belarusning yetakchi universitetlari va professional tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Vitebsk davlat universiteti o‘rtasida ilmiy-innovatsion hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shu kabi kelishuvlar Andijon davlat universiteti va Grodno davlat universiteti, Farg‘ona texnika universiteti va Gomel texnika universiteti, Buxoro texnika universiteti va Belarus oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti, Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Vitebsk texnologiya universiteti o‘rtasida imzolandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Belarus Jurnalistlar uyushmasi o‘rtasida professional hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling