Valyuta kurslari 20/11/2025
$1 – 11910.93
UZS – -0,25%
€1 – 13784.52
UZS – -0,4%
₽1 – 147.49
UZS – 0,06%
Qidirish
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi

Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (727-son, 17.11.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2027 yil 1 oktyabrga qadar MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan obyektlar turlari tasdiqlanadi.

2026 yil 1 fevraldan:

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 oktyabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan to‘lov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;

bir xil seriyali obyektlarga ilmiy xulosalar faqat 1 marotaba to‘lov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling