Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
Benzin bakiga yashirilgan 400 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Benzin bakiga yashirilgan 400 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Benzin bakiga yashirilgan 400 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari va chegara xizmati xodimlari tomonidan “Farg‘ona” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan "HYUNDAI STAREX" rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina yoqilg‘i saqlash bakida umumiy qiymati 140 mln. so‘mlik, jami 400 dona qog‘oz qutilarda "MIDAKS" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi va ushbu vositalar bojxona nazoratidan yashirincha olib o'tilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling