Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
Bellissimo Pizza Ostonada ilk pisseriyasini ochib, xalqaro ekspansiyani boshladi

Bellissimo Pizza Ostonada ilk pisseriyasini ochib, xalqaro ekspansiyani boshladi

Bellissimo Pizza Ostonada ilk pisseriyasini ochib, xalqaro ekspansiyani boshladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Bellissimo Pizza pisseriyalar tarmog‘i xalqaro rivojlanishni boshlab, Qozog‘iston poytaxti Ostonada o‘zining birinchi shoxobchasini ochdi.

Yangi pisseriya shaharning markaziy qismida joylashgan «Zelyoniy kvartal» turar-joy majmuasi hududida ish boshladi. Qozog‘iston tarmoq uchun birinchi xorijiy bozorga aylandi va Bellissimo Pizza vakillari buni «brendning xalqaro rivojlanishidagi yangi bosqich» sifatida baholashmoqda.

Tarmoq asoschisi Farrux Abdullayev Qozog‘istonni tanlash strategik ahamiyatga ega ekanini taʼkidlab, shunday dedi: «Xalqlarimiz — madaniyat, qadriyatlar va haqiqiy go‘shtga bo‘lgan muhabbat bilan bog‘langan birodarlar. Shu bois Ostona xalqaro bozorga chiqishda birinchi manzilimiz bo‘ldi».

Bellissimo Pizza Kazakhstan rahbari Magomed Kostoyev mijozlar va hamkorlar tomonidan brendga katta qiziqish borligini taʼkidlab, Ostonadagi birinchi pisseriya ochilishi faqatgina boshlanish ekanini qayd etdi: «Tarmoq yaqin vaqt ichida poytaxtda o‘z mavjudligini kengaytirishni boshlaydi».

Rejaga ko‘ra, sentyabr oyi oxiriga qadar ikkinchi shoxobcha ishga tushiriladi, uchinchisi esa oktyabrning birinchi yarmida ish boshlaydi. Uzak muddatli istiqbolda, 2028 yilgacha Bellissimo Pizza Qozog‘istonda taxminan 200 ta pisseriya ochishni, asosiy eʼtiborni yirik shaharlarga va franchayzing tarmog‘ini rivojlantirishga qaratmoqchi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling