Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
Belgilanmagan joyga chiqindi tashlash holatlari sababli 1 mlrd so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanildi

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlash holatlari sababli 1 mlrd so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanildi

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlash holatlari sababli 1 mlrd so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtimizni ozoda saqlash har birimizning burchimiz. Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari ko‘p marotaba takrorlanmoqda.

“Millar” ko‘rsatuvi jamoasi o‘z obyektivini ushbu muammo tomon burib, chiqindilarni tartibsiz tashlash oqibatlariga alohida e’tibor qaratdi. Ko‘rsatuv orqali fuqarolar ozodalikka, mas’uliyatli bo‘lishga va jarima jazolaridan ehtiyot bo‘lishga chorlanmoqda.

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlash hollarida fuqarolar birinchi marta ogohlantirilib, takroriy holatlarda esa MJTKning 161-moddasi asosida jarimaga tortilmoqda.

Yil boshidan buyon 2075 ta takroriy chiqindi tashlash holati aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan. Natijada, undirilgan jarimalar miqdori 1 mlrd 58 mln so‘mni tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling