Valyuta kurslari 12/11/2025
$1 – 11990.00
UZS – -0,21%
€1 – 13866.44
UZS – -0,24%
₽1 – 147.55
UZS – -0,51%
Qidirish
Belarus va O‘zbekiston jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmoqda

Belarus va O‘zbekiston jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmoqda

Belarus va O‘zbekiston jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Tergov qo‘mitasi raisi Dmitriy Gora jinoyatlarni tergov qilish sohasida xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini mustahkamlashga qaratilgan ishchi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashropov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, shuningdek har ikki davlatda samarali qo‘llanilayotgan zamonaviy usul va yondashuvlarni jinoyat ishlarini tergov qilish jarayoniga joriy etish kabi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.

Dmitriy Gora taʼkidlashicha, o‘zaro hamkorlik va tajriba almashinuvi zamonaviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Hujjat doirasida maʼlumot almashinuvini faollashtirish, jinoyatlarni tergov qilishda o‘zaro yordam ko‘rsatish, qo‘shma tezkor tadbirlar o‘tkazish hamda uslubiy qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Belarus Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, mazkur hujjat har ikki davlatning jinoyat-protsessual sohada amaliy hamkorlikka tayyorligini tasdiqlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling