Valyuta kurslari 24/02/2026
$1 – 12236.13
UZS – 0,19%
€1 – 14439.86
UZS – 0,2%
₽1 – 159.10
UZS – -0,26%
Qidirish
Belarus delegatsiyasi Toshkentga tashrif doirasida O‘zbekiston mebel ishlab chiqarish sohasini o‘rgandi

Belarus delegatsiyasi Toshkentga tashrif doirasida O‘zbekiston mebel ishlab chiqarish sohasini o‘rgandi

Belarus delegatsiyasi Toshkentga tashrif doirasida O‘zbekiston mebel ishlab chiqarish sohasini o‘rgandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mazkur tashrif joriy yilning 23–24 fevral kunlari Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida amalga oshirildi.

Dastlab Belarus Savdo-sanoat palatasi raisi Mixail Myatlikov boshchiligida ishbilarmonlar mamlakatimizning mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jihozlanish darajasi, mahsulot assortimenti hamda eksport imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot oldilar.

Mebel sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi: sohada 7 500 tadan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, ularning 57 foizi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, mebel ishlab chiqarish hajmi 6,7 trln so‘mga yetgan bo‘lib, bu 2024 yil ko‘rsatkichidan 8,2 foizga yuqori.

Shuningdek, mahalliy korxonalarda sifat nazorati tizimi, dizayn yechimlari va xomashyo taʼminoti zanjiri bilan tanishib, qo‘shma ishlab chiqarish va mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tashrif yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, mebel va yog‘ochsozlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiya almashinuvi va mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling