Belarus delegatsiyasi Oʻzbekistonda elektrotexnika sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Belarus delegatsiyasi Oʻzbekistonda elektrotexnika sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Belarus delegatsiyasi Oʻzbekistonda elektrotexnika sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasidagi Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Sergeyevich Ogorodnikov boshchiligidagi Belarus ishbilarmon doira vakillari hamda rasmiy shaxslar “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida uyushma raisi Mirziyod Yunusov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud loyihalarni jadallashtirish hamda istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya tomonidan TEXNOPARK, Artel va Foton korxonalariga tashriflar amalga oshirilib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

Bundan tashqari, mehmonlar Turin politexnika instituti hamda Fizika-texnika instituti faoliyati bilan tanishib, elektrotexnika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni amalga oshirish hamkorlikda ishlashga kelishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling