Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
Belarus Bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Belarus Bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi
 

Belarus Bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin hukumat delegatsiyasiga boshchilik qilgan holda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar berdi Belarus hukumati matbuot xizmati.

Ikki kunlik tashrif doirasida Toshkent shahrida O‘zbek–Belarus ishbilarmonlar kengashining to‘rtinchi majlisi hamda biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturi doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, bir qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘ladigan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling