Belarus 2030 yilgacha O‘zbekiston bilan tovar aylanmasini 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda
Belarus 2030 yilgacha O‘zbekiston bilan tovar aylanmasini 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirish rejalari borligini maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda va undan tashqari hududlarda ham Belarus uchun muhim sheriklardan biri hisoblanadi, muvaffaqiyatli hamkorlikning asosini esa davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli muloqot tashkil etadi.
«Hukumat oldidagi asosiy vazifalar faqatgina erishilgan kelishuvlarning bajarilishini monitoring qilish va nazorat qilish emas, balki yangi tashabbuslarni bosqichma-bosqich ishlab chiqish, jumladan joriy yilda rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat», — dedi Aleksandr Turchin.
Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi arafasida ikki tomonlama hamkorlik xaritasini tayyorlash rejalashtirilmoqda. Bosh vazir ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasini 2030 yilgacha 2 milliard dollarga yetkazishdek ulkan maqsad qo‘yilganini taʼkidladi.
«Tovar aylanmasi hajmi qariyb 1 milliard dollarga yetdi, bu esa iqtisodiyotlarimizda katta salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.