Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
Beeline Uzbekistan va Rakuten Symphony kompaniyalari Open RAN va AI yo‘nalishida hamkorlik qiladi

Beeline Uzbekistan va Rakuten Symphony kompaniyalari Open RAN va AI yo‘nalishida hamkorlik qiladi

Beeline Uzbekistan va Rakuten Symphony kompaniyalari Open RAN va AI yo‘nalishida hamkorlik qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  VEON Ltd. (Nasdaq: VEON), global raqamli operator, hamda Rakuten Group, Inc. bugun ma’lum qildiki, VEON’ning O‘zbekistondagi raqamli operatori Beeline Uzbekistan va Rakuten Group’ning sho‘ba korxonasi Rakuten Symphony O‘zbekistonning tez sur’atlarda rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni imzoladi. Hamkorlik Open RAN rivoji, sun’iy intellekt (AI) asosidagi tarmoq intellekti va yangi avlod raqamli platformalarni o‘z ichiga oladi.

MWC Barcelona 2026 doirasida imzolangan Memorandum tarmoqni joriy etish, optimallashtirish hamda rivojlantirish, shuningdek, Rakuten’ning dasturiy platformalari va tajribasidan foydalangan holda raqamli xizmatlar yo‘nalishida hamkorlik uchun asos yaratadi.

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin (chapda) va Rakuten Symphony prezidenti Sharad Sriwastawa (o‘ngda) MWC 2026 doirasida O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU)ni imzolamoqda. Marosimda VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu (orqa qatorda, chapda) hamda Beeline Uzbekistan Texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor (CTO) Gediz Sezgin (orqa qatorda, o‘ngda) ishtirok etmoqda.

Hamkorlik doirasida kompaniyalar ustuvor texnologik yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlarini baholaydilar: Open RAN, tarmoqlarni boshqarishda

samaradorlikni oshirish uchun AI qo‘llanilishi, bulutli yechimlar, yangi avlod platformalari, xalqaro jamoa va bo‘limlar uchun aloqa yechimlari, shuningdek, global IoT va korporativ kommunikatsiya xizmatlari. Bundan tashqari, tomonlar Rakuten Mobile’ning AI asosidagi bulut-native platformasi va keng ko‘lamda integratsiyalashgan eSIM xizmatlarini joriy etish tajribasidan foydalangan holda eSIM hamda xalqaro rouming sohasida ham hamkorlikni rivojlantiradi.

Beeline Uzbekistan 7,7 million mobil abonent va oyiga 9 milliondan ortiq faol raqamli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi (MAU, sentyabr 2025). Hamkorlik Beeline Uzbekistan’ning mamlakatdagi yetakchi aloqa operatorlaridan biri sifatidagi mavqei va O‘zbekistonning raqamli rivojlanishidagi rolini Rakuten Symphony’ning cloud-native networks (bulutga yo‘naltirilgan tarmoqlar) va ochiq avtomatlashtirilgan arxitekturalardagi tajribasi bilan birlashtiradi

“VEON bilan hamkorligimizni Beeline Uzbekistan’gacha kengaytirayotganimizdan mamnunmiz. Kompaniya O‘zbekistonning raqamli o‘sishini tarmoq va raqamli xizmatlarga sarmoya kiritish orqali qo‘llab-quvvatlamoqda,” — dedi Rakuten Symphony prezidenti Sharad Sriwastawa. “Ushbu hamkorlik milliy raqamli infratuzilmani ochiq, sun’iy intellektga tayyor dasturiy ta’minot va ulanish yechimlari orqali rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatimizni namoyish etadi.”

“O‘zbekiston Markaziy Osiyoda raqamli iqtisodiyot yetakchisiga aylanish yo‘lida dadil harakat qilmoqda. Biz esa bu maqsadni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va platformalarni barpo etishga sodiqmiz,” — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin. “Rakuten Symphony bilan hamkorlikda bulut-native tarmoq arxitekturalari va AI asosidagi avtomatlashtirish xizmatlarimizni tezlashtirib, mijozlarimizga yanada sifatli raqamli tajriba taqdim etish imkonini o‘rganamiz.”

“Biz O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydigan raqamli infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirishdan mamnunmiz hamda Rakuten bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz,” — dedi VEON Group bosh direktori Kaan Terzioglu. “Avval Ukraina va Qozog‘istonda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan so‘ng uni O‘zbekistonga kengaytirish VEON yondashuvining tez rivojlanayotgan bozorlar uchun ilg‘or texnologik hamkorliklarni samarali joriy etish qobiliyatini ko‘rsatadi.”

VEON va Rakuten o‘rtasidagi hamkorlik dastlab 2023-yilda yo‘lga qo‘yilgan edi. Kyivstar Group va Beeline Kazakhstan, VEON’ning boshqa kompaniyalari, allaqachon Open RAN va boshqa raqamli tashabbuslar sohasida imkoniyatlarni o‘rganish doirasida Rakuten bilan Ukrainada va Qozog‘istonda hamkorlik qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling