Bayramlarning g‘oyaviy-maʼnaviy mazmuni yanada kuchaytiriladi
Bayramlarning g‘oyaviy-maʼnaviy mazmuni yanada kuchaytiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori (824-son, 24.12.2025 y.) bilan “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-maʼnaviy mazmunini yana-da kuchaytirish va ommalashtirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 50 dan ortiq umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar turli darajalarda nishonlanib kelinmoqda.
Har bir umumxalq bayramining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, umumxalq bayramlarining taʼsirchan va jozibador musiqiy atributlari, o‘ziga xos taronalari, turli bezaklari ishlab chiqiladi.
Har bir umumxalq bayramining g‘oyaviy-maʼnaviy mazmuni, tarixiy shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib beruvchi qo‘llanmalar tayyorlanadi va keng tarqatiladi.
Umumxalq bayramlari doirasida “Eng iqtidorli yosh” aksiya-shou dasturini o‘tkazish orqali muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni xalqqa tanitish va shu orqali boshqa yoshlarni o‘z maqsadlari yo‘lida ruhlantirishga oid interaktiv tadbirlar tashkil qilinadi.
Bayram kunlariga oid ommabop adabiyotlar, shu jumladan, “O‘zbekiston bayramlari” kitobi tayyorlanadi va chop etiladi.