Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Baxtiyor Saidov Van I bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha telefon orqali muloqot qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi va tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, asosiy mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildilar.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy ishonchning yuksak darajada ekani va barcha darajalarda olib borilayotgan faol muloqot ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Suhbat davomida strategik ahamiyatga ega sohalarda amaliy hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar 2026 yil kun tartibi sheriklikni rivojlantirish nuqtai nazaridan sermazmun va istiqbolli bo‘lishini taʼkidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling