Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
O‘zbekiston 13/06/2025 Baxtiyor Saidov Ummon vaziri bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi

Baxtiyor Saidov Ummon vaziri bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ummon Sultonligi Savdo, sanoat va investitsiyalarni rivojlantirish vaziri Qays bin Muhammad bin Muso al-Yusuf bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish yo‘llarini muhokama qildilar. Jumladan, o‘zaro savdo hajmini oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling