Baxtiyor Saidov Rimda Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni damda Rimda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiya Bosh vaziri Jorja Melonibilan uchrashdi.
“Bugun Rimga tashrifimiz chog‘ida Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Xonim Oliyalari bilan samimiy va mazmunli muloqot o‘tkazdik.”, — deb taʼkidladi tashqi ishlar vaziri oʻzining Telegram-kanalida.
Tomonlar O‘zbekiston-Italiya strategik sherikligidagi ijobiy dinamikani muhokama qildilar va barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga o‘zaro intilishlarini tasdiqladilar.
"Italiya Yevropadagi O‘zbekistonning eng yaqin hamkorlaridan biri sifatida alohida o‘rin tutadi. Ishonch, do‘stlik va taraqqiyotga sodiqlik tamoyillariga asoslangan sherikligimizni yanada rivojlantirishda davom etamiz”, - dedi Saidov.