Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Baxtiyor Saidov Dohada Jeyhun Bayramov bilan muzokara o'tkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qatar poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro munosabatlarning jadal rivojlanishi, mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Baxtiyor Saidov ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan yuqori va oliy darajadagi tadbirlar, qo‘shma tashabbuslarni intiqlik bilan kutayotganliklarini alohida ta’kidladi.