Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Baxtiyor Saidov AQSH vakillari bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Baxtiyor Saidov AQSH vakillari bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Baxtiyor Saidov AQSH vakillari bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSHning savdo vakili Jeymison Grir hamda AQSH Eksport-import banki prezidenti Jon Yovanovich bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy kun tartibining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, o‘zbek mahsulotlarining Amerika bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash va strategik ahamiyatga ega sohalarda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, savdo jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy mexanizmlar va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi. Bu ikki davlatning savdo va investitsiyalar sohasidagi sheriklikni yana-da mustahkamlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

Uchrashuv O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha konstruktiv muloqot va saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun navbatdagi samarali maydonga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling