Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Baxromjon Norqobilov Veterinariya qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Baxromjon Norqobilov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ozod etildi.
2020 yil 24 yanvar kuni u O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilik rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangan edi.
2020 yil 22 oktyabr kuni Norqobilov MDHga aʼzo davlatlarning veterinariya sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo kengashi raisi etib saylangan.