Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
Barqaror oʻsish va yashil rivojlanish yoʻnalishlari Jahon banki bilan muhokama qilindi

Barqaror oʻsish va yashil rivojlanish yoʻnalishlari Jahon banki bilan muhokama qilindi

Barqaror oʻsish va yashil rivojlanish yoʻnalishlari Jahon banki bilan muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) yillik yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha barqaror rivojlanish direktori Sameh Vahba, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha infratuzilma direktori Charz Kormye, Adolatli o‘sish, moliya va institutlar bo‘yicha mintaqaviy direktori Asad Alam, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetov, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning joriy makroiqtisodiy holati va o‘rta muddatli iqtisodiy istiqbollari ko‘rib chiqildi. Mamlakatda izchil amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar hamda barqaror iqtisodiy o‘sishga qaratilgan sa’y-harakatlar alohida qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, “AgriConnect” tashabbusi doirasida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi. Mazkur tashabbus qishloq xo‘jaligi qiymat zanjirlarini mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Davlat korxonalarini transformatsiya qilish bozor samaradorligini oshirish va xususiy investitsiyalarni jalb etish uchun muhim yo‘nalish sifatida ta’kidlandi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashish masalalari ham uchrashuvda muhim o‘rin egalladi. Tomonlar “yashil” o‘sishni jadallashtirish, suv xavfsizligini ta’minlash va iqlimga chidamli infratuzilmani rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish, infratuzilma loyihalarini ilgari surish hamda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, jumladan “Better Work Uzbekistan” dasturini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda inklyuziv, bardavom va barqaror o‘sishga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling